eye
O‘zbekiston va Turkiya respublikalari Konstitutsiyaviy sudlari o‘rtasida O‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi hamda Turkiya Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi. 

Mazkur Memorandumning asosiy maqsadi tomonlar o‘rtasida konstitutsiyaviy huquq sohasini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o‘rganishga ko‘maklashish, shuningdek, qo‘shma tadbirlar va amaliy hamkorlik orqali o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan institutsional asoslarni belgilashdan iborat. 

Hujjat doirasida ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, jumladan, fikr va ilg‘or tajriba almashish orqali sud-huquq sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, konstitutsiyaviy odil sudlov sohasidagi dolzarb masalalari bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, shuningdek, konstitutsiyaviy shikoyat institutini qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi.

Shu bilan birga, Memorandumda konstitutsiyaviy odil sudlov sohasida axborot, ilmiy nashrlar, sud qarorlari va boshqa tegishli materiallarni muntazam ravishda almashish, tomonlarning vakolatlariga daxldor masalalar yuzasidan qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, o‘quv va tadqiqot dasturlari, shuningdek, malaka oshirish tadbirlarini tashkil etish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.

Mazkur Memorandum ikki davlat konstitutsiyaviy sudlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy konstitutsiyaviy odil sudlov amaliyotini rivojlantirish hamda xalqaro huquqiy muloqotni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.  

 

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish