19-20 may kunlari Seul shahrida Osiyo Konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari Assotsiatsiyasining Ilmiy tadqiqotlar va rivojlantirish Kotibiyati tomonidan tashkil etilgan “Konstitutsiyaviy huquqning dolzarb masalalari” mavzusidagi 5-ilmiy-tadqiqot konferensiyasida O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi delegatsiyasi, Devon rahbari N.Said-Gazieva va Ekspertlar guruhi rahbari Sh.Majidovlar qatnashyapdi.
Tadbirga shuningdek, Ozarbayjon, Bangladesh, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Malayziya, Maldiv, Mongoliya, Pokiston, Filippin, Rossiya, Tailand, Turkiya Konstitutsiyaviy sudlari vakillari taklif qilingan.
Ilmiy-tadqiqot konferensiyasining 1-sessiyasida Sh.Majidov “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi: yaratilishi, qabul qilinishi va amal qilishi” mavzusida ma’ruza qildi.
Konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda.