eye
Hamkorlik yo‘nalishlari kelishib olindi

22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamiyatining (IRZ) O‘zbekistondagi loyihalari direktori Sh.Xyulsxyorster bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi o‘rinbosari A.Gafurov, sudya A.Rahimov va Devon xodimlari ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda 2025 yilning 18 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy  sudi faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-253-son Farmoni qabul qilinganligi va unda belgilangan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, fuqarolar va yuridik shaxslarning Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida fuqarolar va yuridik shaxslarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish, xulosa va qarorlarni qabul qilish kabi protsessual masalalarni o‘z ichiga olgan konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qonun loyihasi ishlab chiqilayotganligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Bugungi kunda Konstititutsiyaviy sud tomonidan konstitutsiyaviy shikoyat institutini takomillashtirishga qaratigan qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Mazkur Qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida Germaniya tegishli qonun hujjatlari va amaliyotini o‘rganish muhimligi ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaaviy sudi tomonidan tayyorlanayotgan qonun loyihasi bo‘yicha nemes ekspertlarining takliflar va xulosalarini olish hamda Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamiyatining (IRZ) O‘zbekistondagi loyihalari bilan yaqindan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama hamkorlik jarayonida mazkur sohadagi mutaxasssislar bilan onlayn uchrashuvlar tashkil etish, muhokamalar o‘tkazishga kelishib olindi.

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish