eye
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY SUDINING MAJLISI

2026 yil 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi o‘z ishini davom ettirdi. Unda “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi uchinchi qismi beshinchi xatboshisini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 65 va 141-moddalariga muvofiqligini aniqlash haqidagi masala ko‘rib chiqildi.   

Sud majlisida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Bosh prokuratura, Adliya vazirligi vakillari, shuningdek Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari ishtirok etdi.   

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi masalani har  tomonlama ko‘rib chiqib, tegishli qonun hujjatlari va ishga doir barcha materiallarni tahlil qilib, muhokama qilinayotgan masala yuzasidan tomonlar, mutaxassislar va ekspertlarning fikr-mulohazalarini o‘rganib, berilgan yozma takliflarni ko‘rib chiqib, shuningdek Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari fikrlarini tinglab, O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi uchinchi qismi beshinchi xatboshisini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 65 va 141-moddalariga muvofiqligi haqida qaror qabul qildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori “Xalq so‘zi” gazetasi, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi va Konstitutsiyaviy sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

 

 O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy sudi

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish