eye
Samarqand «Markaziy Osiyo mamlakatlarida konstitutsiyaviy shikoyat instituti modellarining rivojlanish tendensiyalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Ertaga Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo mamlakatlarida konstitutsiyaviy shikoyat instituti modellarining rivojlanish tendensiyalari» mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlaydi.

Ikki kun davom etadigan mazkur anjuman O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi va Yevropa Kengashining Huquq orqali demokratiya uchun Yevropa komissiyasi (Venetsiya komissiyasi) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Konferensiyaning maqsadi  O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, shu jumladan konstitutsiyaviy islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatga to‘liq va xolis maʼlumot yetkazish, Konstitutsiyada ilk bor belgilangan konstitutsiyaviy shikoyat institutini rivojlantirishda xalqaro tajribani o‘rganish, xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy sudlarining amaliyoti bilan tanishish hamda Venetsiya komissiyasi va unga aʼzo mamlakatlar konstitutsiyaviy nazorat organlari bilan hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Tadbir O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning muhim yo‘nalishlari, konstitutsiyaviy odil sudlov, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida konstitutsiyaviy shikoyat institutining amal qilishi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinlarini himoya qilishda parlament hamda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning Konstitutsiyaviy sud bilan o‘zaro hamkorligiga oid mavzularga bag‘ishlangan.

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish