eye
Osiyo Konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari Аssotsiatsiyasining 4-halqaro Simpoziumida Oʼzbekiston Konstitutsiyaviy sudi delegatsiyasi maʼruza bilan ishtirok etdi

2023 yilning 30 may kuni Koreyaning poytaxti Seul shahrida Osiyo Konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari Аssotsiatsiyasining 4-xalqaro Simpozium 31 may kuni oʼz ishini davom ettirdi.

Simpozium “Odil sudlovga erishish: konstitutsiyaviy istiqbollar” mavzusida boʼlib, mazkur tadbirda Osiyo Konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari Аssotsiatsiyasiga aʼzo davlatlardan 18 davlat Konstitutsiyaviy sudlari vakillari ishtirok etmoqda. Xususan, tadbirda Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Turkiya, Bangladesh, Tailand, Hindiston, Indoneziya, Falastin, Yangi Zelandiya, Malayziya, Mongoliya kabi davlatlar vakillari oʼzaro fikr almashmoqdalar.

Xalqaro simpoziumning ikkinchi kunida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi oʼrinbosari А.Gafurov “Oʼzbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar va konstitutsiyaviy nazoratni rivojlantirish” mavzusida maʼruza bilan ishtirok etdi. 

Maʼruzada Oʼzbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar asosida yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilingani, yangilangan Konstitutsiyada bir qator yangi normalar, yangi gʼoyalar, izchil oʼzgarishlar borligi va ular haqida maʼlumotlar berildi.

Umuman, Konstitutsiyaning yangi tahririda moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalar esa 275 tadan 434 taga oshib, Konstitutsiya 65 foizga yangilandi.

Yangilangan Konstitutsiyada Oʼzbekiston Respublikasida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʼzsiz tan olinadi. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, toʼgʼridan-toʼgʼri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etishiga oid norma belgilangandi.

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatlari belgilangan 133-moddaga yangi norma sifatida konstitutsiyaviy shikoyat institutining kiritilishi bu institutni konstitutsiyaviy maqomga ega boʼlgani haqida maʼlumotlar berildi. Berilgan maʼlumotlar xalqaro simpozium ishtirokchilarida katta qiziqish uygʼotdi va Oʼzbekistondagi inson huquqlariga oid, Konstitutsiyaviy sud faoliyati takomillashuviga oid islohotlarni katta qiziqish bilan kuzatishlarini bildirdilar.

 

Oʼzbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy sudi

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish