2025 yil 1-3 iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudining taklifiga binoan Oʼzbekiston Konstitutsiyaviy sudi raisi M.Аbdusalomov boshchiligida delegatsiya boʼlib turibdi.
Tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari va Аpparati rahbariyati bilan konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishga oid dolzarb masalalari boʼyicha oʼzaro manfaatli uchrashuvlar oʼtkazish belgilangan.
Oʼzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi