eye
Oʼzbekiston Konstitutsiyaviy sudi va Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudi oʼrtasida ikki tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi

Oʼzbekiston Konstitutsiyaviy sudi raisi M.Аbdusalomov Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudining taklifiga binoan Sankt-Peterburg shahriga bordi. 

Tashrif davomida konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishga oid dolzarb masalalar boʼyicha oʼzaro manfaatli uchrashuvlar oʼtkazildi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudi oʼrtasida ikki tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi. 

Memorandum doirasida ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga koʼtarish, huquqiy masalalarni oʼrganish boʼyicha tadqiqotlar oʼtkazish, konstitutsiyaviy shikoyat institutini qoʼllash yuzasidan ish yuritishni takomillashtirish borasida oʼzaro tajriba almashishga kelishib olindi.

  

Oʼzbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy sudi

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish