Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi M.Аbdusalomov joriy yilning 27-31 oktyabr kunlari Ispaniya Qirolligining Madrid shahrida boʼlib oʼtayotgan “Kelajak avlodlarning inson huquqlari” mavzusidagi Konstitutsiyaviy odil sudlov boʼyicha 6-Butunjahon Kongressida ishtirok etmoqda.
Tadbirning birinchi kuni Butunjahon konferentsiyasining mintaqaviy va lingvistik guruhlarning yigʼilishlari boʼlib oʼtdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi delegatsiyasi Yevroosiyo konstitutsiyaviy nazorat organlari assotsiatsiyasi shuningdek, Osiyo konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari assotsiatsiyasining yigʼilishida ishtirok etdi. Yigʼilishda Tailand Qirolligi Konstitutsiyaviy sud raisi Nakxarin Mektrairat Osiyo konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari assotsiatsiyasining faoliyati haqida axborot berdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi M.Аbdusalomov 2025 yil 11 noyabr kuni Toshkent shahrida oʼtkazilishi rejalashtirilayotgan 2025-2027 yillarda Osiyo konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlar assotsiatsiyasi raisligini Tailand Qirolligi Konstitutsiyaviy sudidan Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga topshirish marosimini yuqori darajada oʼtkazishga tayyorligini maʼlum qildi.
Konstitutsiyaviy odil sudlov boʼyicha 6-Butunjahon Kongressi oʼz ishini davom ettirmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi