eye
Qonunchilikni konstitutsiyaviy nazorat qilish modellari muhokama qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda 2025 yil 18 noyabr kuni “Yevropa standartlari va qonunchilikni konstitutsiyaviy nazorat qilish modellari” mavzusida trening bo‘lib o‘tmoqda.   

Trening O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda  Konstitutsiyaviy sudning sud tizimidagi o‘rni va ahamiyati, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va umumyurisdiksiya sudlari bilan o‘zaro munosabati, konstitutsiyaviy odil sudlov, konstitutsiyaviy nazorat prinsiplari hamda xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy sudlarining amaliyoti bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan.    

Tadbirda Konstitutsiyaviy sud sudyalari va Devon xodimlari, Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti professor o‘qituvchilari ishtirok etmoqda. 

Seminar-treningni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi M.Abdusalomov, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Elchi Antti Karttunen kirish so‘zi bilan ochdilar.  

Treningning birinchi kunida spikerlar Moldova Konstitutsiyaviy sudi sobiq raisi, Venesiya komissiyasi a’zosi Aleksandru Tenase hamda Litva Konstitutsiyaviy sudi sobiq sudyasi, Litva Prezidenti sobiq maslahatchisi, Mikolas Romeris nomidagi Universitet professori Toma Birmontene      tomonidan konstitutsiyaviy nazoratga oid qonunchilik asoslari,  konstitutsiyaviy nazoratning umumiy tamoyillari va shakllari, O‘zbekiston Respublikasida konstitutsiyaviy nazorat asoslari, konstitutsiyaviy nazoratga oid qiyosiy-tahliliy xorijiy tajriba kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzalar mavzusidan kelib chiqib savol va javoblar bo‘lib o‘tdi.  

 

Trening o‘z ishini davom ettirmoqda.

  

O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy sudi

 

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish