6 fevral kuni Konstitutsiyaviy sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Konstitutsiyaviy sud sudyalari va Devoni xodimlari ishtirok etdi. Majlisni Konstitutsiyaviy sud raisining o‘rinbosari A.G‘afurov olib bordi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisini saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Sudyalar tomonidan Konstitutsiyaviy sud raisligiga M.Abdusalomov nomzodi ko‘rsatildi. Nomzod yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi, shundan so‘ng ushbu masala ovozga qo‘yildi.
Konstitutsiyaviy sud raisi etib Mirzo-Ulug‘bek Elchievich Abdusalomov saylandi.
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi