eye
Oliy Majlis Senatida Konstitutsiyaviy sud sudyasi saylandi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 13-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 132-moddasiga muvofiq, Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.

Senatning tegishli qaroriga asosan Abdusalomov Mirzo-Ulug‘bek Elchievich o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy sudi

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish