eye
Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Konstitutsiyaviy sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 dekabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-253-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

20 fevral kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida Konstitutsiyaviy sud hamda vazilikning ma’sullari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Konstitutsiyaviy sud raisi o‘rinbosari A.Gafurov, sudya K.Kamilov hamda Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari O.Umarov hamda vazirlikning mas’ullari ishtirokida Prezident Farmonida belgilangan 2026-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. 

Bugungi kunda Konstitutsiyaviy sud, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator – “UZINFOCOM” bilan 2026 – 2027 yillarda Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlashtirish dasturini bajarish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, uni amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. 

 

O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy sudi

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish