eye
“Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy islohotlar sharoitida” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Bugun Konstitutsiyaviy sudda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 1-bosqich talabalari hamda “Xalqaro huquq va ommaviy-huquqiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Konstitutsiyaviy huquq” fani doirasida talabalar va o‘qituvchilar bilan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.  

Mahorat darsini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi  raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, yuridik fanlari nomzodi   M.E.Abdusalomov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi tadbir yoshlar bilan tizimli uchrashuvlardan biri ekanini ta’kidladi. 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya va undan kelib chiqadigan vazifalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 dekabrdagi PF-253-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash ustivor vazifa ekani aytib o‘tildi.  

Mahorat darsida Konstitutsiyaviy sud sudyasi, yuridik fanlar nomzodi  A.Raxmonov “Inson huquqlari ustuvorligi  va Konstitutsiyaviy sud vakolatlarining kengayishi davr talabi” mavzuida, Konstitutsiyaviy qonunchilikni tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Sh.Ro‘zinazarov “Konstitutsiyaviy adolat va qonuniylikni ta’minlash-ijtimoiy davlat taraqqiyotining garovi” mavzuida ma’ruzalar qilib batafsil ma’lumotlar berildi. 

Talabalar Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga qiziqish bildirib, bir qator savollar bilan murojaat qildilar. Xususan, fuqarolarning Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga oid, sud faoliyatiga raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy qilish, shuningdek Konstitutsiyaviy sudning xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar konstitutsiyaviy sudlari bilan hamkorligiga oid savollariga berilgan javoblar ularda Konstitutsiyaviy sud faoliyati bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. 

Universitetda olingan nazariy bilimni sayyor darsda mustahkamlash, ayniqsa sohaning yetuk vakillaridan olishlari mahorat darsining chinakam ahamiyatini ko‘rsatdi. Bunday turdagi hamkorlik davom ettirilishi haqida fikrlar bildirildi. 

 

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish