eye
9 aprel - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni

Bugun yurtimizda quvonchli kun. 1993 yil 9 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 12-sessiyasida qabul qilingan.

Mazkur bayram Qoraqalpog‘istonning huquqiy asoslari va demokratik islohotlar ramzi sifatida tantanali nishonlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi – Muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 121 moddadan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasida inson huquqlari va qonun ustuvorligini kafolatlovchi Asosiy hujjat hisoblanadi.

 “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 6-moddasiga muvofiq, Konstitutsiyaviy sud sudyalari tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili ham faoliyat yuritadi.

Qoraqalpog‘iston xalqini Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan tabriklaymiz!

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish