O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF–232-son Farmonida yuridik ta’lim jarayonlarini amaliyot bilan uzviy bog‘lash ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti Sud hokimiyati, advokatura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar shu’basi tomonidan o‘tiladigan “Sud hokimiyati” moduli doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mashgʻulotni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Abdumannob Raximov olib bordi.

Mahorat darsi davomida A.Raximov tomonidan Konstitutsiyaviy sudning faoliyati, uning sud tizimidagi o‘rni, konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirish mexanizmlari hamda amaliy tajriba haqida ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot va savol-javob asosida oʻtkazilgan darsda talabalar amaliyotchi mutaxassisdan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.