O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan 2025 yil
28 aprel kuni Farg‘ona davlat universitetida “Konstitutsiya va yoshlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Konstitutsiyaviy sud sudyasi K.Kamilov, Farg‘ona viloyat sudi raisi A.Utaev, Farg‘ona viloyat ma’muriy sudi raisi D.Maxamatov, Farg‘ona davlat universiteti rektori B.Shermuhammadov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda Konstitutsiyaviy sud sudyasi K.Kamilov yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, undagi yangi konstitutsiyaviy normalar, Konstitutsiyaviy sud faoliyati, vakolatlari haqida ma’ruza qildi.
Davra suhbati qizg‘in va faol muloqot shaklida o‘tdi. Bo‘lajak huquqshunoslar bilan korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish kabi mavzular muhokama qilindi.
Konstitutsiyaviy sud vakillari talabalarning huquqshunoslik kasbiga oid savollariga batafsil javoblar berildi. Davra suhbati yakunida Universitet kutubxonasiga yuridik adabiyotlar taqdim qilindi.
Shuningdek, 2025 yil 29 aprel kuni Konstitutsiyaviy sud vakillari Farg‘ona viloyat sudlarida bo‘lib, viloyat umumyurisdiksiya sudlari hamda ma’muriy sudi sudyalari ishtirokida “Ayrim ishlar ko‘rilishida Konstitutsiya normalarini qo‘llash masalalari va sudlar tomonidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda barcha tuman va shahar sudyalari ishtirok etdilar. Uchrashuvda sud ishlarini ko‘rishda konstitutsiyaviy normalarni qo‘llash tartibi va xorijiy amaliyot to‘g‘risida fikr almashindi, odil sudlovni amalga oshirishda yangi tahridagi Konstitutsiya normalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi