eye
Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi tinglovchilari bilan uchrashuv

     2025 yilning 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 fevraldagi   “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi asosida tashkil etilgan “Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning xalqaro standartlari: amaliyoti va hisobot” mavzusidagi o‘quv kursi tinglovchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

     Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi o‘rinbosari A.Gafurov, sudya A.Raximov, katta ekspert K.Xamidova hamda o‘quv kursi tinglovchilari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi xodimlari ishtirok etdi.

     Konstitutsiyaviy sud raisi o‘rinbosari A.Gafurov tinglovchilarga Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari, konstitutsiyaviy odil sudlovni amalga oshirish jarayonlari, konstitutsiyaviy shikoyat instituti, Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan su’ektlar, umumiy yurisdiksiya sudlarida va Konstitutsiyaviy sudda sudlov ishlarini yuritishning farqli jihatlarini gapirib berdi.  

     Uchrashuv samimiy muloqot shaklida o‘tdi. Asosiy qonun davlat organlarining faoliyatini demokratlashtirishga, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlar yaratgani qayd etildi. Shuningdek, amaliyotda Konstitutsiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash yuzasidan tavsiyalar va tushuntirishlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy sudi

 

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish